"Barselona" prezidenti iste’foga chiqmoqchi emas

  • 15 avgust, 2020, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu iste’foga chiqmoqchi emas. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Kecha “Bavariya”dan uchralgan 2:8 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyatga qaramay, amaldor kamida prezidentlik muddati yakunlangunicha, ya’ni 2021 yilgacha ishlashda davom etmoqchi. Bartomeuning fikricha, klub tanqidiy ahvolda va erta saylovlar unga yanada ko‘proq zarar etkazadi.

“Barselona” rahbariyati navbatdagi prezidentlik saylovini direktorlar kengashi yangi loyihani ishlab chiqqanidan keyin, aniqrog‘i, 2021 yanvar yoki mart oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!