“Barselona” Levandovskidan voz kechadigan bo‘lyapti

  • 6 dekabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubining 2022 yilning yozida “Bavariya”da tinimsiz gol urgan Robert Levandovkini transferni qilgani kutilgan samarani bermadi.

Tecno

Polshalik hujumchining samaradorligi pasayib bormoqda. Xususan, 35 yoshli forvard joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Levandovskining kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yormigacha davom etishi belgilangan.

Biroq ispan matbuotining yozishicha, klub rahbariyati 45 million evroga transfer qilingan forvardni 2024 yilning yozida sotib yubormoqchi.

Robertga anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar bundan unumli foydalanib, klub byudjetiga mablag‘ qo‘shilishini istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!