“Barselona” hech kim kutmagan o‘yinchini oladi

  • 19 noyabr, 2020, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” kabi grand klublar nomdor futbolchilarni olishiga ko‘nikib qolganmiz. Biroq, pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz katta klublarni ham shov-shuvli transferlar o‘rniga arzon futbolchilarni olishga majbur qilmoqda.

Tecno

Xususan, kataloniyaliklar qishki transferlar vaqtida “Fiorentina” vakili Xerman Petstselyani sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyaliklar bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma tuzgan 29 yoshli markaziy himoyachining transferi taniqli futbolchilarga nisbatan arzonroq baholanmoqda.

Shuningdek, Ronald Kuman navbatdagi transfer mavsumida Angliya premer-ligasida ishtirok etayotgan Shkodran Mustafi, Joel Matip va Antonio Ryudiger kabi himoyachilarga ham taklif bilan chiqishni rejalashtirayotgan edi.

“Barsa” futbolchilari Neymar uchun maoshidan voz kechgan

Messining qolgani “Barsa”ga zarar bo‘ldi!

“Manchester Siti” Messi transferi uchun qancha taklif qilishi aniq bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!