"Barselona" futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 17 oktabr, 2024, 13:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati Ispaniya chempionatidan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, 21 yoshli ispaniyalik forvard xizmatlariga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Poytaxt klubi qishda "ko‘k-anorranglilar" bilan Ansuni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish borasida kelishuvga erishmoqchi. Fatining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Hujumchining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.

Ansu Fati joriy mavsum "Barselona" safida La Liga doirasida faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!