
"Barselona" De Xeaga qiziqish bildirmoqda
Jarohat olib, safdan chiqqan Ter Shtegn operatsiya qilindi va uzoq vaqt jamoaga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi. Uning o‘rniga esa klub tezda yangi posbon bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
Ispaning bir qator nashrlari kataloniyaliklar ayni dam erkin agent bo‘lib turgan David De Xeaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bermoqda.
Avvalroq, ispaniyalik futbolchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirayotgani borasida mish-mishlar tarqalgandi. David yozda "Real"ga ham o‘tishi mumkin edi, lekin "qaymoqranglilar" Kepani tanlagandi.
Fikrlar