“Barselona” bazo‘r olgan futbolchisi bilan tez xayrlashmoqchi

  • 15 noyabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” shu yilning boshida “Manchester Siti”dan hujumkor futbolchi Ferran Torresni 55 million evroga xarid qilgan edi.

Tecno

Shundan beri ispaniyalik o‘yinchi muntazam maydonga tushirilayotgan bo‘lsa-da, o‘ziga etarli darajada imkoniyat berilmayapti, deb hisoblamoqda. 22 yoshli vinger jamoadan ketish payida yuribdi.

“Barselona” rahbariyati ham qimmatbaho o‘yinchini sotib yuborishga tayyor ekanini bildirdi. Ular yanvarda o‘yinchi bilan xayrlashib, byudjetni to‘ldirishni ko‘zlagan.

Ferran Torresga asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” tilga olinmoqda. Shuningdek, “Nyukasl” va “Vulverxempton” iste’dodli o‘yinchini yana Angliya premer-ligasiga qaytarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!