“Barsa”ning besh yulduzini Saudiyaga olib ketishadi

  • 19 yanvar, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni professional ligasi klublari “Barselona”ning besh nafar futbolchisini o‘z saflariga qo‘shib olish uchun harakat boshladi.

Sport nashrining ma’lum qilishicha, shayxlar nishoni  Rafinya, Frenki de Yong, Andreas Kristensen, Ansu Fati va Robert Levandovskiga qaratilgan.

Bu o‘yinchilar orasida Xans-Diter Flik qo‘llayotgan taktik sxemada asosiy figuraga aylangan Rafinyaga qiziqish ayniqsa jiddiy bo‘lmoqda. Kataloniyaliklar yaxshi narx taklif qilinsa, braziliyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Robert Levandovski ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotganiga qaramay, yoshi o‘tib bormoqda va klub uning o‘rniga boshqa hujumchi qidirayotganini biladi.

Frenki de Yong, Ansu Fati va Andreas Kristensen kabi o‘yinchilar germaniyalik bosh murabbiy ishonchini etarli darajada qozona olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!