
“Barsa”ga ketaman!
“Manchester Siti”ning portugaliyalik hujumkor futbolchisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanishi bilan jamoasini o‘zgartirishni rejalashtiryapti.
Todofichajes nashrining yozishicha, 30 yoshli charm to‘p ustasi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istayapti.
Aslida “Barselona” avvaldan Silvani o‘z safida ko‘rishga qiziqib keladi. Ilgari tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qiyishga bir necha bor urinib ko‘rgan.
Transfer bo‘yicha ekspertlar Silvani 55-60 million evroga baholamoqda. Biroq o‘yinchining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olib, “Barselona” bu narxni tushirishga harakat qiladi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar yangi ijrochilarni olish va transferni rasmiylashtirishda moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun hozirgi tarkibdagi o‘yinchilardan birortasini sotib yuborigi talab etilmoqda.
Bernardu Silva 2017 yildan beri “shaharliklar” safida to‘p tepib kelmoqda. Keyingi paytda ko‘p tanqid qilinayotgan futbolchi muhitni o‘zgartirish niyatida.
Fikrlar