"Barsa"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi uchun "Man Siti", "Yuve" va Tottenxem" kurash olib bormoqchi

  • 16 may, 2020, 16:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni yozgi transfer oynasi vaqtida qo‘yib yuborishga hozirlanmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" va "Yuventus" "Barsa" bilan futbolchi almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, turinliklar Semeduning A Seriyaga kelishi uchun Miralem Pyanichni La Liga grandiga yuborishga tayyor. O‘z navbatida "shaharliklar" himoyachi uchun Joau Kanseludan voz kechishga tayyor.

Oldinroq, Semeduning transferi uchun Angliyaning boshqa bir etakchi klubi "Tottenxem" ham qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!