Dibala o‘rniga “Barsa” yulduzi keladi

  • 9 aprel, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” mavsum yakunlanishi bilan argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan xayrlashadi. Turinliklar uning o‘rniga “Barselona”dan ketishga tayyorlanayotgan Memfis Depayni olib kelmoqchi.

Tecno

Niderlandiyalik hujumchi Kataloniyaga avvalgi murabbiy Ronald Kuman taklifi bilan kelgan. Kelasi mavsumda Xavi unga ishonch bildirmasligi mumkin. Shuning uchun Depay jamoasini almashtirmoqchi. Bu to‘purarga bir necha klublardan taklif bor.

Depayga “Yuventus”dan tashqari “Milan”, “Roma” va “Inter” kabi qudratli klublar qiziqayotgani haqida ham xabarlar tarqatilmoqda.

Memfis chempionatda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va ikkita assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!