“Barsa” xo‘jayini Levandovskiga shart qo‘ydi

  • 22 oktabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning Robert Levandovski bo‘yicha qarorini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar 36 yoshli o‘yinchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Tecno

- Biz Robert Levandovski bilan amaldagi shartnomani avtomatik tarzda uzaytiramiz. Buning uchun polshalik to‘purar mavsumning 50 foiz o‘yinida ishtirok etsa bo‘ldi. Bu band uning shartnomasiga kiritilgan, - dedi Joan Laporta.

36 yoshli Levandovski “Barselona”ga 2022 yilning yozida transfer qilingan. To‘purar uchun kataloniyaliklar “Bavariya”ga 45 million evro badal puli to‘lagan.

Polshalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar davom etadi. Shunga qaramay, “Barselona” yaqin kelajakda uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi qidirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!