“Barsa” supehujumchiga rasmiy taklif yubordi. Messi xotirjam!

  • 21 aprel, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarixida eng ko‘p gol urgan Serxio Aguero yozda manchesterliklar safini tark etadi.

Tecno

Argentinalik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan grand klublar ko‘p. Ulardan biri “Barselona”. Kataloniyaliklar rahbariyati Agueroning kelishi uning do‘sti Lionel Messining klubda qolishiga ta’minlashiga ishonmoqda.

Shu bois, “Barselona” Agueroga chorlov yubordi. Kataloniyaliklar 32 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Lekin kelishuvning moliyaviy tomoni va qo‘shimcha shartlari hozircha sir tutilmoqda. Joan Laporta bu transferni mavsum yakunlangunicha hal qilib qo‘ymoqchi.

2011 yilda “Atletiko”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan Serxio Aguero bu jamoa tarkibida jami 181 ta gol urgan va Angliya premer-ligasida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!