CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz hamda Marselo Belsa boshqaruvidagi Urugvay terma jamoasi bugun o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bellashuv 17:45’dan boshlab start olishi rejalashtirilgan. 
 
Ushbu ikki jamoa avvallari 2 bora o‘zaro nazorat uchrashuvlarida ishtirok etgan. Ikki bahsda ham Urugvay terma jamoasi vakillarimizni bir xil yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. 
 
Dastlabki bellashuv 2018 yil 8 iyunda o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bahs 2019 yil 22 martda bo‘lib o‘tgan. 
 
Birinchi bellashuvdagi tarkibimiz: Botirali Ergashov, Rustam Ashurmatov, Abbos Otaxonov, Sherzod Azamov, Akram Komilov, Odilbek Hamrobekov, Aziz G‘aniev, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Zabixullo O‘rinboev, Sardor Rashidov. 
 
Urugvayning asosiy tarkibida Muslera, Ximenes, Godin, Bentankur, Luis Suares va Edinson Kavani kabi yulduz futbolchilar bo‘lgan. 
 
Shuningdek, birinchi uchrashuvning 80-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov qizil kartochka olib, maydonni tark etgan. 
 
Ikkinchi uchrashuvda darvozamizni Sanjar Quvvatov qo‘riqlagan. Himoyamizda esa Davron Hoshimov, Igor Krimets, Anzur Ismoilov va Farruh Sayfiev harakat qilgan. Maydon markazida Odil Ahmedov, Otabek Shukurov va Javohir Sidiqov o‘ynagan bo‘lsa, hujumda Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov to‘p surgan. 
 
Ilk to‘qnashuvdagi gollarga Daniel De Arraskaeta, Luis Suares (pen) va Ximenes mualliflik qilgan. Ikkinchi bahsda esa Perreyra 5-daqiqada hisobni ochgan. 25 va 82-daqiqalarda Stuani dubl muallifi bo‘lgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!