Formula-1 shamoli Toshkentda esadi

  • 13 oktabr, 16:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

2025 yilning 12 dekabr sanasida O‘zbekiston bosh kenti Toshkent shahrida FIA boshqaruv kengashining Bosh Assambleyasida prezidentlik uchun saylov bo‘lib o‘tadi. FIA esa barcha motosport turlarining xalqaro federatsiyasi hisoblanadi. Ushbu saylovda amaldagi prezident Muhammad Bin Sulayim ikkinchi bor ushbu vazifaga saylanishi tahmin etilmoqda.

Tecno

63 yoshdagi BAAlik sobiq Rallichi Muhammad Bin Sulayimdan tashqari yana uchta potentsial nomzodlar bor, jumladan, sobiq F1 hakami Tim Maer, shveytsariyalik Le Mans piloti Laura Villars (sobiq F3, F4 haydovchisi va FIA prezidentligiga tarixdagi ilk ayol nomzod) hamda belgiyalik teleboshlovchi va model Virjiniya Filippot (tarixdagi ikkinchi FIA prezidentligiga nomzod)lar. Ma’lumot o‘rnida, yoz oylarida mediada sobiq "Ferrari" va amaldagi "Villiams" jamoasi a’zosi Karlos Seyns ham FIA prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqida xabarlar sizib, butun ijtimoiy tarmoqlarni portlatib yuborgandi.

Barcha nomzodlar 3-24 oktyabr kunlari o‘z takliflarini taqdim etishlari lozim. Nafaqat ular, balki, senat prezidentligi, avtomobil harakati va turizm bo‘yicha prezident o‘rinbosari lavozimlarini egallash uchun ular bilan qatnashadigan nomzodlar jamoasi ham. Ro‘yxatda sport bo‘yicha etti vitse-prezident ham bor. Evropadan ikki va qolgan mintaqalardan bir donadan. Ushbu lavozimga nomzodlar faqatgina bitta nomzodning tarafida bo‘lishi kerak. Ularning barchasi WMSC (butunjahon motosporti kengashi)ga munosib bo‘lishi kerak. Mazkur kengashga munosib nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi va eng muhimi unda Janubiy Amerikadan atigi bir dona potentsial vakil bor — sobiq F1 SEO‘sining braziliyalik xotini Fabiana Ekkleston.

FIAga a’zo 149 davlatning federatsiya vakillari Toshkentda o‘tkazilajak kengashda qatnashadi va teng huquqli ovoz berish haqqiga ega bo‘lishadi. Ushbu federatsiyalarning aksari amaldagi prezident Muhammad Bin Sulayim tarafida turishlarini aytib o‘tishgan. Garchi, Tim Maer raqibining tarafidagi federatsiyalarni o‘z tarafiga og‘dirishga harakat qilib yotgan ersa-da, katta o‘zgarish bo‘lish ehtimoli juda past. Qolaversa, BAAlik sobiq Ralli haydovchisi Sulayim hozirda 63 yoshda. Ushbu lavozimga esa reglamentga ko‘ra, 75 yoshdan kichik shaxslar o‘z nomzodini qo‘yishlari mumkin. 

Xullas kalom, Toshkent sport borasida juda ham katta tadbirga mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu esa O‘zbekistonning so‘nggi yillarda naqadar sport maydonida o‘z so‘ziga ega bo‘lishni boshlab yuborganini anglatadi. Motosport borasida O‘zbekiston ilk qadamini qo‘yib oldi, balki kelajakda bizdan motosportchilar chiqar. Yoki motosport musobaqalari bizning yurtimizda ham amalga oshirilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!