“Barsa” qaydnomadan o‘tkaza olmayotgan Olmo yangi top-klub topdi

  • 27 dekabr, 2024, 15:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘tgan yoz transfer qilgan Daniel Olmo kataloniyaliklar safida yarim mavsum o‘ynaganidan keyin yana jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, agar “Barselona” mahoratli o‘yinchini chempionatning ikkinchi qismi uchun ro‘yxatga kiritish yo‘lini topmasa, Olmo boshqa klubga bepul o‘tib ketish huquqiga ega bo‘ladi. Ayni paytda kataloniyaliklar uni qaydnomaga kiritish yo‘lini izlayotgan bo‘lsa, futbolchining o‘zi yangi jamoa qidira boshladi.

BBC jurnalistlarining ma’lum qilishicha, Dani Olmo o‘z agenti bilan Manchesterga keldi. “Manchester Yunayted” ispan yarim himoyachisiga xaridor.

Agar Kataloniya klubi xo‘jayinlari o‘z o‘yinchisini ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lini topa olmasa, manchesterliklar uni yanvarda bepul o‘z jamoasiga qo‘shib olishni ko‘zlab turibdi.

Daniel Olmo “Barsa” tarkibidagi debyut mavsumini samarali o‘tkazmoqda. U hozirga qadar barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, oltita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!