“Barsa” muxlislari Messidan yuz o‘gira boshladi

  • 30 avgust, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona” tarixidagi eng buyuk futbolchini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqa olmadi.

Tecno

Mutaxassislar tomonidan ranker.com sayti orqali o‘tkazilgan so‘rovnomada “Barselona” muxlislari jamoaning barcha zamonlardagi eng zo‘r futbolchisi Xristo Stochkov bo‘lganini tan oldi. Solishtirib qaraganda, bolgariyalik hujumchining natijalari Messinikiga yaqinlasha olmaydi. U Kataloniya klubida ikki marotaba to‘p surib, jami 255 ta uchrashuvda 116 ta gol urgan.

Biroq, so‘nggi paytda Messining klub rahbariyatiga jahl qilib, muxlislar iltimosiga e’tibor qilmay, klubdan ketish payiga tushgani uning obro‘si salbiy ta’sir qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Barselona”ning eng zo‘r o‘yinchilari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Xristo Stoichkov
  1. Lionel Messi
  1. Yoxan Kroyff
  1. Ronaldino
  1. Andres Inesta
  1. Xavi
  1. Karles Puyol
  1. Ronaldo
  1. Romario
  1. Rivaldo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!