“Barsa” ma’qulmi yoki “Real”?

  • 26 avgust, 2020, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruis kelasi yili Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Uning agenti Migel Alfaro mijozi “Barsenlona” va “Real”dan birini tanlashi kerakligini ma’lum qildi.

- Ispaniya grandlari Fabianga jiddiy qiziqmoqda va uni kelasi yili sotib olishni rejalashtirgan. Biz hali bir qarorga kelganimiz yo‘q. Shoshilmaymiz. Eng muhimi, Fabian yuqori saviyada o‘ynashda davom etishi kerak, - dedi Migel Alfaro.

“Napoli” yakunlangan mavsumda 33 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, oltita golli pas bergan bu futbolchining transfer summasini 100 million evroga baholamoqda. Ispan grandlaridan tashqari Ruisga “Manchester Siti” ham ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!