
“Barsa” Lamin Yamalni Ispaniya terma jamoasida o‘ynatmaslikni talab qilmoqda
UEFA Millatlar ligasi doirasida Ispaniya terma jamoasining Daniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida raqib futbolchilari Lamin Yamalga qarshi keskin o‘ynashi kuzatildi. Daniyalik himoyachi 17 yoshli hujumkor o‘yinchini to‘xtatish uchun atayin tajovuzkor o‘ynaganini ham tan oldi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyati Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga murojaat qilib, Daniya bilan o‘yinda shikastlangan Lamin Yamalni klubga qaytarib yuborishni so‘ragan.
Hozircha, mamlakat futboli rahbariyati kataloniyaliklarning talabiga javob qaytargani yo‘q. Shunga qaramay, “Barselona” xo‘jayindari 17 yoshli futbolchi 15 oktyabrga belgilangan Millat ligasi to‘rtinchi tur doirasida Serbiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini istayapti.
Avvalroq, tibbiy tekshiruvlar Lamin Yamalning Daniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda olgan jarohati jiddiy emasligi tasdiqlandi.
Fikrlar