“Barsa” ikkita katta transferga tayyorlanyapti

  • 5 fevral, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta va sport direktori Deku joriy mavsum yakunlanganidan keyin tarkibni kuchaytirish uchun katta xaridlarni amalga oshirmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati jamoaga “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta va “Atletik Bilbao” yulduzi Niko Uilyamsni olib kelishni rejalashtirgan.

Jonatan Taning leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Tajribali himoyachining o‘zi “Bayer”ni tark etishga qaror qilgan.

Kataloniyaliklar yozda tarkibdagi ikki himoyachi – Andreas Kristensen va Ronald Arauxoni sotib yuborishni ko‘zlayapti. Jonatan Ta bu o‘yinchilar o‘rnini bosishi talab qilinadi.

Niko Uilyams esa, “Barselona” orzusidagi futbolchi. Kataloniyaliklar uni yozda ham transfer qilishga urinib ko‘rgan edi. Biroq Niko Bilbaoda qolishni ma’qul topdi.

Uilyamsning “Atletik” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Shu bois uni olmoqchi bo‘lgan klublar 60 million evrodan ko‘proq mablag‘ to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!