
Balotelli chempion bo‘lgan Osimxenga: "Hali ham nima qilganingni anglamayapsan"
Italiyalik mashhur futbolchi Mario Balotelli "Napoli" safida chempionlikni qo‘lga kiritgan nigeriyalik Viktor Osimxenga o‘z maslahatlarini berdi.
"Menga ishon, Viktor, sen ajoyib vazifani uddalading. Hali ham nima qilganingni anglamayapsan, ammo bir kun tushunib etasan.
Buning uchun erta yoki kelasi yilning o‘zigina etarli bo‘lmas. Bunga 10 yillar ketishi ham mumkin. Shunda sen Italiya taraflarda nimalar qilib tashlaganingni tushunib etasan!", - dedi Mario yosh Osimxenga.
Fikrlar