Bahrayn-2025: Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, Bahrayn davlatining Manama shahri o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
Aralash jang san’ati dasturida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medal qo‘shildi. -55 kg vazn toifasining final bahsida ishtirok etgan Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi jangda tojikistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.



Fikrlar