
Bahodir Jalolov ertangi jangi oldidan tarozidan o‘tdi (video)
Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Bahodir Jalolov 18 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Probellum kompaniyasi tashkil etayotgan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ushbu kechada unga polshalik Kamil Sokolovskiy raqiblik qiladi. Ushbu to‘qnashuv oldidan jangchilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Jalolov 116 kg, Sokolovskiy 109 kg tosh bosdi.
Fikrlar