Azardan Di Mariyagacha. Yoxud grand klublarning sho‘rini kuritayotgan yulduzlar

  • 13 aprel, 2021, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda L’Equipe nashri barcha mashhur futbolchilarning pullarini hisoblab chiqdi, degan xabar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, Messi bir yilda Ronaldu, Neymar va Beylning daromadlarini qo‘shgandan ham ko‘proq pul topishi yozilgan. Biz esa bugun Evropa kuchli beshlik chempionatlarida katta maosh oladigan, ammo uni oqlay olmayotgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Tecno

Anxel di Mariya rasskazal, kak porval pismo ot «Reala» pered finalom  ChM-2014 - Eurosport

Frantsiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar "top-5"ligidan PSJning 5 nafar futbolchisi joy olgan. Bular Neymar, Mbappe, Markinos, Verratti va Di Mariyadir. Argentinalik futbolchi oyiga 1,1 mln evro maosh oladi. Ammo parijliklar unga ikki barobar ko‘proq pul sarflaydi. Chunki 45 foiz soliq (avval 75 foiz edi) hamda turli ijtimoiy to‘lovlarga ham pul to‘lanadi. Bu hamon Frantsiya futboli uchun katta muammo bo‘lib kelmoqda. Boisi, boshqa chempionatlarda vaziyat nisbatan oddiyroq. Bundan tashqari, Frantsiya hukumati oyiga 1 mln evrodan ko‘p daromad oladiganlar uchun soliq yig‘imlarini yana 75 foizga qaytarish haqida o‘ylamoqda. Agar bu amalga oshsa, PSJ katta ehtimol bilan Mbappe va Neymar kabi futbolchilarni tarkibda saqlab tura olmaydi.

PSJ Di Mariyani 2015 yil "Manchester Yunayted"dan 63 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Lyuka Ernandes vybyl na neskolko nedel | Novosti Germanii na  Football-Fun.ru

Bundesligada “Bavariya”ning gegemonligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ammo 1,1 million miqdoridagi summa ularga ham tinchlik bermayapti. Myunxenliklar asosan zaxira futbolchisiga aylanib qolgan Lyuka Ernandesga oyiga 1,1 mln evro maosh to‘laydi. “Bavariya”ning bu ishi nemislarning "aqlli biznes" so‘zlariga unchalik mos tushmaydi.

Ernandes "Bavariya" safiga 2019 yilning yozida "Atletiko" Madriddan ko‘chib o‘tgan edi.

Azar snova poluchil travmu i propustit okolo mesyatsa ᐉ UA-Futbol

Ispaniyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatida 4-o‘rinda Eden Azar turadi. “Real”  jarohatlardan boshi chiqmayotgan belgiyalik futbolchiga oyiga 2,5 mln evro maosh to‘lamoqda. Aftidan tez-tez jarohat olishiga qaraganda, Azarni bu maosh qanoatlantirmayapti. Uni bir so‘z bilan aytganda, “Real”ning sho‘ri, deyish mumkin.

"Real" Azarni 2019 yilda "Chelsi"dan 100 mln evroga sotib olgan edi.

Jertva obstoyatelstv i videniya Konte. V Intere Eriksen ubivaet kareru, no  eщe mojet voskresnut (22.11.2020) - Soccer365.ru

Italiyada Kristian Eriksen bu borada ajralib turadi. Daniyalik futbolchi bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjallashish oqibatida zaxira o‘rindig‘iga “mixlab” qo‘yildi. “Inter” Eriksenga oyiga deyarli million evro maosh to‘laydi. Taqqoslash uchun, “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Kontening oylik maoshi 1,38 mln evroni tashkil etadi va u A Seriyada eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi.

"Inter" Eriksenni 2020 yilning yanvarida tarkibga qo‘shib olgan edi.

Garet Beyl vpervye prokommentiroval uxod iz «Reala» v «Tottenxem» -  Eurosport

Va nihoyat Angliyaga ham etib keldik. Bu erda 2,5 mln evro maosh bilan Garet Beyl “etakchilik” qilmoqda. Ammo “Tottenxem” ijara shartnomasiga ko‘ra, uelslik futbolchi maoshining 40 foizini to‘laydi xolos. Beyl qolgan pullarini “Real”dan oladi. APLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingining kuchli o‘nligida “Manchester Yunayted”ning naqd 4 nafar futbolchisi bor. Bular Pol Pogba, David de Xea, Antoni Marsyal va Edinson Kavani. Ularning ayrimlarining oxirgi paytlarda, ayrimlari esa ancha vaqtdan buyon o‘yini qovushmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!