
"Ayntraxt" himoyachisi: "Chelsi"ni yutsa bo‘ladi
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi himoyachisi Martin Xinteregger bugun Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Chelsi” – Evropa ligasida bizga to‘qnash kelgan eng kuchli raqib. Biroq, agar o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, finalga chiqishimiz mumkin.
Biz allaqachon “Shaxtyor”, “Inter” va “Benfika” kabi jamoalarni musobaqadan chiqarib yubordik. Bu esa bizning kuchimizdan dalolat beradi. Endi bizni jiddiy sinov kutib turibdi. Lekin “Chelsi”ni yutsa bo‘ladi”, - deydi Xinteregger.
Eslatib o‘tamiz, “Ayntraxt” – “Chelsi” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar