Avstraliya bosh murabbiyi: "Agar O‘zbekiston ishonchli harakat qilmaganda, biz bunday statistika qayd etmagan bo‘lardik"

  • 23 yanvar, 2024, 19:31
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliya - O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnashuvidan so‘ng tomonlarning bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Avstraliya terma jamoasi ustozi Grem Arnold ishtirok etdi.

Tecno

"Xayrli kech, hammaga. Bilasiz, guruhdagi raqiblarimiz oson emas edi. Ular bizga yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi. Ayniqsa, O‘zbekiston bilan bahs juda og‘ir o‘tdi. Shunga qaramay, biz o‘yindan o‘yinga o‘sish bo‘layotganini ko‘rib turibmiz va pley-offda yanada ishonchli harakat qilishimiz lozimligini ham bilamiz. 

Keyingi bosqichda kim raqib bo‘lishi haqida bosh qotirayotganimiz yo‘q. Agar biz o‘z o‘yinimizni namoyish eta olsak, har qanday jamoani engishimiz mumkin. 

Bugungi bahsda atigi bitta aniq zarba berdik. Hujumda ancha qiynaldik, zarbalarni yakunlashda muammolar yuzaga keldi. Ammo raqib ham munosib o‘ynaganini e’tirof etishimiz kerak. Agar ular ishonchli harakat qilmaganda, biz bunday statistika qayd etmagan bo‘lardik. 

O‘zbekistonning ko‘plab futbolchilari o‘z chempionatida to‘p tepadi. Bizda esa bunday futbolchilar atigi 4 tani tashkil etadi. Shu tomondan ham bizda ozgina muammolar kuzatildi", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ali71
23/01/2024 19:40
Bu tentaymi, biziklilar nabarot legoneelarimiz yoqligi uchun oynay olmadik diydiku. Ösiraq k.. arpa uni bahona ekanda
Абдухаликов Мухаммад
24/01/2024 08:43
пеналтьи хакида гапиришинг керак эди
&
АБВГДейка
23/01/2024 20:28
Йу́к жойдан пенальти тепдинглар шуни гапирмапсанда к.т
Mahmud Ttww
23/01/2024 20:24
Муоммаларинг тугамасин.