
“Atletiko” Ronaldu uchun eng zo‘r hujumchisidan voz kechmoqchi
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone o‘z jamoasidan Krishtianu Ronalduga joy berishga tayyor.
“Manchester Yunayted” ayni paytda kuchli hujumchi qidirmoqda va Krishtianu Ronalduni qo‘yib yuborishga ham rozi. Portugaliyalik yulduz jamoada ishtiyoqsiz to‘p tepmoqda. 37 yoshli forvard hamon Chempionlar ligasida ishtirok etadishan jamoaga o‘tishdan umidvor.
Buni inobatga olgan madridliklar “Manchester Yunayted” rahbariyatga Ronalduni Antuan Grizmannga almashtirish variantini taklif qilmoqchi. Angliyaliklar ilgari frantsiyalik hujumchini o‘zi safiga qo‘shib olishga bir necha bor urinib ko‘rgan.
Aslida Grizmann “Barselona” futbochlisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandesga kerak bo‘lmagani uchun ham sobiq jamoasida ijarada yuribdi.
Fikrlar