"Atletiko" futbolchisi og‘ir jarohat oldi

  • 30 noyabr, 2023, 17:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko"ning yosh yarim himoyaichisi Pablo Barrios og‘ir jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, 20 yoshli Barrios tizza minski yirtib olgan. Uning qachon safga qaytishi hozircha ma’lum emas. Pablo operatsiya qilinish yoki qilinmasligi klubning qaroriga bog‘liq. 

Tecno

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi "matraschilar" tarkibida joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!