"Atletiko" futbolchilari ham maoshlarini kamayishiga rozi bo‘ldi

  • 2 aprel, 2020, 20:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi koronavirus pandemiyasi vaqtida maoshlarining kamayishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Endi birinchi va ikkinchi jamoa, ayollar jamoasi futbolchi, murabbiylari maoshlarining 70 foizidan ayrilishadi. Bu orqali iqtisod qilingan pullar 430 xodimning barchasiga oylik-maosh to‘lashga zamin yaratadi.

Bundan oldin Kataloniyaning "Espanol" va "Barselona" jamoalari ham xuddu shunday qaror qabul qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!