
"Atletiko" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi
"Atletiko" Madrid klubi "Barselona" himoyachisi Nelson Semeduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “matraschilar” 25 yoshli portugaliyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketadigan Xuanfran o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Qayd etish lozimki, kataloniyaliklar Semeduni 100 mln evroga baholashmoqda. Biroq, “Atletiko” ushbu narxni pasaytirishga harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Semedu joriy mavsum “Barselona” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar