"Aston Villa" "Liverpul" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Aston Villa" "Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliottni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Birmingem klubi 22 yoshli angliyalik futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Shartnomada futbolchi maydonga tushgan o‘yinlar soniga qarab majburiy kuchga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sotib olish bandi ham bor.
Avvalroq Elliottning to‘liq transferi "Aston Villa"ga 35 million funtga tushishi mumkinligi xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Elliott Angliya Premer-ligasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar