"Asosiy tarkibdan joy beradigan klubga o‘taman"

  • 17 iyun, 18:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvin Nunes "Liverpul"ni tark etishga yaqin.

"Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, Mersisaydliklar hujumchisi o‘tgan mavsumni takrorlanishini istamayapti va asosiy tarkibda doimiy o‘rin oladigan jamoa izlamoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli urugvaylik uchun kurashda "Napoli" etakchilik qilmoqda. U erda Antonio Konte rahbarligidagi loyiha kuchli markaziy hujumchini talab qiladi. Klub raqiblarini ortda qoldirish uchun futbolchining yaqinlari bilan muntazam aloqada. "Milan" ham futbolchi uchun kurashmoqda, ammo faollikda ortda qolmoqda.

O‘tgan mavsumda Nunes Angliya Premer-ligasida 30 ta o‘yinda qatnashib, faqatgina beshta gol urdi. Avvalroq, Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi Nunesni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!