
Arteta Xaverts haqda gapirdi
"Arsenal" mazkur transfer oynasida tarkibni kuchaytirishi uchun jiddiy harakat qilmoqda. Ayni dam jamoa 4 ta transfer ustida ishlayapti. Ulardan birinchi bo‘lib Xaverts sotib olindi. Shuningdek, Mikel Arteta yarim himoyachi haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Kay - ko‘p qirrali futbolchi. U bizga yarim himoyada katta yordam bera oladi va o‘yinga rang-baranglik qo‘sha oladi", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Arteta bu gapi orqali Xavertsni yarim himoyada o‘ynatishini bildirib o‘tdi. Yakuniga etgan mavsumda 24 yoshli nemis "Chelsi"da strayker vazifasini bajargandi.
Fikrlar