
Arteta g‘aroyib rekord o‘rnatib qo‘ydi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida London derbisida “Arsenal” futbolchilari “Tottenxem” maydonida kichik hisobda zafar quchdi. “Kanonirlar”ga g‘alaba keltirgan yagona golni 64-daqiqada Gabriel Magalyans kiritdi.
Bu g‘alaba “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Artetaga ajoyib rekord keltirdi.
Ispaniyalik mutaxassis “Arsenal” tarixida “Tottenxem” maydonida uchta g‘alabaga erishgan birinchi bosh murabbiy bo‘ldi.
Mikel Arteta “Arsenal”ni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. Ungacha ispaniyalik mutaxassis uch yil davomida “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordamchilik qilgan.
Fikrlar