
“Arsenal” zaxira rejasini ishga tushirdi
"Arsenal" yozgi transfer oynasi paytida "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olish fikridan qaytdi. “Football London” nashri xabariga ko‘ra, "kanonirlar" futbolchini bir yildan so‘ng tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Gap shundaki, Tilemansning “Lester” bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan, biroq “tulkilar” yarim himoyachini 40 million evrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas. Bu narx "Arsenal"ga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun "kanonirlar" kelasi yozgacha kutmoqchi.
Avvalroq Tilemansning o‘zi Mikel Arteta boshchiligidagi klubga o‘tmoqchi ekanligini bildirgan edi. Belgiyalik futbolchi dastlab Chempionlar ligasi klubiga o‘tishni xohlagan, ammo "Arsenal" loyihasi yarim himoyachini London klubi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirgan edi.
Fikrlar