"Arsenal" "Roma"ning asosiy himoyachisini sotib olmoqchi
"Roma" klubi himoyachisi Kostas Manolas faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Il Messaggero nashri tarqatgan xabarga qaraganda 27 yoshli gretsiyalik futbolchiga "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar bor. “Kanonirlar” xatto uning 36 mln evrolik tovon pulini to‘lash evaziga ham sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Manolas joriy mavsum “Roma” safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.



Fikrlar