
“Arsenal” nomdor transferni e’lon qilishga yaqin turibdi
"Lester" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans boshqa klubga o‘tishga yaqin turibdi.
“Give Me Sport” nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Londonning "Arsenal" jamoasi bilan muzokaralar olib borgan va shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi "kanonirlar" “Lester” bilan belgiyalikning transfer summasini muhokama qilishi kerak. London klubi Tilemans uchun 32 million funt (37 million evro) to‘lashga tayyor.
Avvalroq, Yuriga "Manchester Yunayted" va "Real" kabi jamoalar ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda APL doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar