“Arsenal” “Milan” futbolchisini 55 million evroga xarid qilishi mumkin

  • 9 avgust, 2022, 20:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi “Calciomercato”.

Tecno

Manbaga ko‘ra, milanliklar 22 yoshli italiyalikni 55 million evroga sotishga tayyor.

Biroq “rossonerilar” bosh murabbiyi Stefano Pioli yarim himoyachini ketishini istamayapti. Mutaxassis yangi mavsumda futbolchiga katta ishonch bildirishini ma’lum qilgan.

Tonali o‘tgan mavsum “Milan”ning barcha musobaqalar doirasidagi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!