
“Arsenal” Amerika kubogida porlagan yulduzni oladi
“Kanonirlar” yozgi transferlar vaqtida “Sassuolo” etakchisi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Lokatellini olmoqchi edi. Biroq, italiyalik futbolchini qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lmadi.
“Arsenal” uning o‘rniga Amerika kubogida o‘zini ko‘rsatgan “Betis” yarim himoyachisi Gido Rodrigesni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogini qo‘lga kiritgan Gido Rodriges musobaqa ettita uchrashuvdan oltitasida ishtirok etdi.
27 yoshli tayanch yarim himoyachisi “Betis” bilan 2024 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnomaga ega. Biroq, ispaniyaliklar 30 million evro evaziga bu futbolchini qo‘yib yuborishga qarshilik qilmaydi.
Fikrlar