
Aqlbovar qilmas rekord: Ronaldu bu ishni uddalagan dunyodagi yagona futbolchi!
Krishtianu Ronaldu jahon futboli tarixiga o‘z nomini yozdirishda davom etmoqda. 39 yoshli to‘purar deyarli har bir uchrashuvda statistikasini yangilab, turli rekordlar o‘rnatishi odatiy holga aylanib qoldi.
UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Portugaliya terma jamoasi Polsha maydonida o‘tkazilgan bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi. Mehmonlarning g‘alabasini ta’minlagan to‘plarni Bernardu Silva va Krishtianu Ronaldu kiritdi. Polshalik futbolchi Bendarek o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Bu o‘yin Ronalduga yana bir rekordni taqdim etdi. Krishtianu terma jamoa safida rasmiy uchrashuvlarda 100-g‘alabani nishonlagan jahon futbolidagi birinchi va yagona o‘yinchiga aylandi.
Bundan tashqari, u o‘rtoqlik uchrashuvlarini qo‘shib-hisoblaganda terma jamoadagi g‘alabalri sonini 131 taga etkazib, Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori Serxio Ramos bilan tenglashib oldi.
Endi Ronalduning Portugaliya terma jamoasi safidagi har bir g‘alabasi yangi rekord natida sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar