
APL "Tottenxem"ning so‘rovini qabul qildi
"Tottenxem"ning Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinni keyinga surish so‘rovi qabul qilindi. Bu haqda "Sky Sports xabar bermoqda.
Avvalroq, "shporlar" 21 may kuni bo‘lib o‘tadigan Evropa Ligasi finaliga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lish maqsadida tegishli so‘rovnoma yuborgan edi. Yarim finalning birinchi uchrashuvida londonliklar Norvegiyaning "Bude-Glimt" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Shu tariqa, 18 may kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan "Aston Villa" bilan o‘yin 2 kun oldinroq o‘tkaziladi - xuddi finalning boshqa bir ehtimoliy ishtirokchisi "Manchester Yunayted" klubi o‘yini singari.
Fikrlar