APL. Son Xyon Min "Tottenxem"ga g‘alaba keltirdi

  • 16 fevral, 2020, 20:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Villa Park" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga 3:2 hisobida zafar quchishdi. 9-daqiqada Tobi Alderveyreld kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Ammo oradan 15 daqiqa o‘tib uning o‘zi muvozanatni tiklashga erishdi.

Tecno

Birinchi bo‘lim so‘nggida VAR mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Son Xyon Min amalga oshirdi va to‘pni darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga esa koreyalik futbolchining o‘zi birinchi bo‘lib etib kelib, bugungi bahsda jamoasining ikkinchi, o‘zining esa APLdagi 50-golini kiritdi.

Biroq "shporlar"ning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 53-daqiqada Born Engels burchak to‘pidan so‘ng boshi bilan Ugo Loris qo‘riqlayotgan darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi. Bellashuv so‘nggida esa yana o‘sha tinib-tinchimas Son "Aston Villa" darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Shu tariqa, londonliklar hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va  5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 25 ochkosi bor birmingemliklar esa jadvalning 17-pog‘onasidan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!