
APL. "Nyukasl" 3-o‘ringa chiqib olishi uchun durang ham kifoya qildi (turnir jadvali)
APL 21-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas" - "Nyukasl" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Qarg‘alar" bahs davomida raqib darvozasi tomon jami 16 ta zarba yo‘lladi. Shulardan 7 tasi aniq edi. Shunday bo‘lsa-da, Visente Guayta darvozasi ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa, "Nyukasl" qimmatli ikki ochko yo‘qotdi.
Fikrlar