
APL "Manchester Yunayted"dan uzr so‘radi (foto)
Angliya premer-ligasi rahbariyati "Kristal Pelas" va "Manchester Yunayted" jamoalaridan uzr so‘radi. Bunga sabab ikki klub o‘rtasidagi bahs eng tig‘iz vaqtga qo‘yilgani va buning kech e’lon qilingani bo‘ldi.
"Premer-liga kech eslatma bergani uchun ikki jamoadan uzr so‘raydi. Biz muxlislarning jahli chiqayotganini to‘g‘ri tushunamiz.
Ertaroq xabar berishga harakat qilmoqdamiz. Ammo o‘yinlar atrofida yuz berayotgan voqealar bizning ishimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Fikrlar