APL. "Manchester Yunayted" super kambek amalga oshirdi. Maktominey - o‘yin qahramoni!

  • 7 oktabr, 2023, 21:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 8-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Brentford" va "Everton" - "Bornmut" uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

"Manchester Yunayted" - "Brentford" o‘yinida mezbonlar super kambek amalga oshirdi.

Dastlab, 26-daqiqada Yensen hisobni ochdi. Maktominey 90+3 daqiqada javob qaytardi. 90+7 daqiqada yarim himoyachi yana bir bor gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Shu tariqa, "qizil iblislar" turnir jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi.

"Everton" - "Bornmut" bahsi mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yinda Garner, Xarrison va Dukurelar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 

Ushbu g‘alabadan keyin mersisaydliklar turnir jadvalida 15-pog‘onaga chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!