
APL. "Chelsi" safarda "Everton"ga mag‘lub bo‘ldi
Premer-liganing 16-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Chelsi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollar Dukure va Dobbin nomiga qayd etildi. Bellashuvda muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin londonliklar turnir jadvalida 12-o‘ringa tushib ketdi. "Everton" esa 17-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar