
APL: "Arsenal" "Lester" bilan bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
Angliya Premer-ligasi 26-turida "Arsenal" "Lester" mehmoni bo‘ldi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinning 6-daqiqasida Yuri Tilemans himoyachilar xatosidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. 39-daqiqada David Luis hisobni tenglashtirdi. 45-daqiqada Aleksandr Lyakazett penaltini aniq amalga oshirdi. 52-daqiqada Nikolya Pepe ochiq qolgan darvozaga to‘pni to‘g‘rilab qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Arsenal" ochkolar sonini 37 taga etkazib oldi va 9 o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Lester" esa 49 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar