
APL. "Arsenal" kuchli to‘rtlikka qaytdi
APL 28-turidan o‘rin olgan "Uotford" - "Arsenal" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Aristokratlar" safida Edegor, Saka hamda Martinelli gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlardan Kucho hamda Sissoko o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Arteta shogirdlari ochkolari sonini 48 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 19 ochkosi bor "Uotford" 19-pog‘onani band etgan.
Fikrlar