
Angliya superklubi “Barsa” futbolchisini olmaydigan bo‘ldi
Angliya chempionligi uchun kurashishni rejalashtirayotgan “Arsenal” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Mikel Arteta himoya chizig‘ini mustahkamlashga bel bog‘lagan. Ana shu maqsadda “kanonirlar” mutasaddilari “Barselona”dagi frantsiyalik himoyachi Jyul Kundega qiziqish bildirgan.
Kataloniyaliklar bilan yana uch yillik shartnomaga ega 25 yoshli futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 45 million evroga baholanmoqda.
Biroq londonliklar bu variantdan voz kechdi. Jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, “Arsenal”ga boshqa nomzod – Italiya terma jamoasi va “Bolonya” himoyachisi Rikardo Kalafori ma’qul kelib qolgan.
Fikrlar