Andrey Kanchelskis: Bugun 2 ochko yo‘qotdik

  • 15 mart, 2020, 20:52
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 3-turida "Andijon" klubi o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qildi va bellashuv nursiz durang bilan yakuniga etdi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Derbi bu derbi. Raqibimiz jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani bilindi va biz ham tayyorlangandik. Doimo derbilar qiyin bo‘lgan. Gol urishimiz ham mumkin edi, o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Asosiysi muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Ochkolar kerak edi, barchaga ochko kerak. Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Agar gol urib olganimizda, barchasi boshqacha bo‘lar edi. Birinchi navbatda yigitlarga xohishi, ma’sulyati va kurashishganligi uchun rahmat aytaman. Shu o‘rinda, tashrif buyurib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Haqiqatdan ham ular bizga katta kuch berishadi va bizning haqiqiy 12-o‘yinchimiz hisoblanishadi.

Men 2 ochko yo‘qotilgan o‘yinlarning natijasidan norozi bo‘laman. Biz g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo qaytarib aytaman bu derbi! Men o‘zimning dastlabki derbiyimni yodga olsam, bu shotland derbisi bo‘lgan va unda qo‘llarini sindirib olishgandi.

Matbuotdan, rahbariyatdan umuman barchadan qanday bosim bo‘lishini yaxshi bilib turamiz. Bunday vaziyatlarda, biror-bir futbolchi psixologik tomondan sinib qolishi ham mumkin. Shunday jihatlarni hisobga olsak, natijadan xursand emasman, ammo yigitlardan mamnunman.

Ayrim futbolchilarda derbining bosimidan biroz dovdirash, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi ko‘rindi. Bu dastlabki bo‘limda yaqqol ko‘zga tashlandi, ammo ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zini qo‘lga olishdi va vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Bunga asosan, matbuot, gazetalar, suhbatlarning derbi, derbi, derbi degan bosimi sabab bo‘ldi deb o‘ylayman.

Koronavirus haqida nima deyish mumkin? Albatta, muxlislarsiz maydonlarda maydonga tushish yoqimsiz. Baribir, birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i turadi. Yaxshisi keling, ertanga qanday qaror qabul qilishligini kutamiz.

Ha, men Andijonda ilk bor bo‘lishim va bu er menga yoqdi. Stadion, mehmonxona umuman barchasi a’lo darajada, Agar maydonga yana biroz yaxshiroq qarashganida nur ustiga a’lo nur bo‘lardi." - dedi Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
15/03/2020 21:03
ТАКТИКА НОЛЛЛ УЙИН НОЛЛЛ УЗИНГАМ НОЛЛЛ КАЕЧЕЛЬСКИЙ НАКД УЧ ОЧКО ЭДИ ПАХТАКОР ВА СУРХОН МУХЛИСЛАРИ НАВБАХОР УСТИДАН ЧЕМ АЗИЯДАН КОТИБ КОТИБ КУЛИШЯПТИ КУЛГИ КУЙДИНГ КАНЧЕЛЬСКИЙ
Xojiakbar Muhammedov
15/03/2020 22:12
Бу сафар майдон айбдор булдими? Канчелски бу клубдан кет, санда на тактик схема бор на рухий устун жихат. Эссиз наманганлик мухлисла жон бериб жон олиб сани оклаб юришипти, ишонишвотти хар холда. Утган йилги холат эсимга тушвотти борган сари: бошлангич турларда навбахор чемпионликка давогар эди, давралар оралигида кучли туртликка хакли эди, охирида эса сал колса пролигага тушиб кетарди. Бу инсон буса вакти ва энергиясини ривожланишга эмас, бировларни навбахорга карши муносабатини тахлил килишга сарфлаб келди. Яна бир бор айтаман эссиз кучли таркиб ва жонкуяр асл мухлислар ЭССИЗ!!!