"Andijon"ning sobiq futbolchilari U-21 jamoasini boshqaradi

  • 6 oktabr, 2020, 19:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Andijon shahridagi Bo‘ston dahasida joylashgan viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tecno

“Andijon” klubi direktori Doniyor Mullajonov ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda “Andijon U-21 jamoasining murabbiyi Shakir Galimov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning boshchiligidagi jamoa O‘zbekiston U-21 birinchiligining turnir jadvalida 18 ochko bilan 10-pog‘onada boryapti.

Galimov jamoasi shu kungacha 5 g‘alaba, 3 durang va 10 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Natijada uning o‘rniga o‘z vaqtida “Andijon” klubida to‘p surgan Muqim Toshmatov tayinlandi. Jamoa katta murabbiyi sifatida yana bir sobiq futbolchi, “Andijon”da uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan Ibrohim Otaxonov ish boshlaydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!